Lippi yoki Di Matteo Lacio bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
6 dek 2015, 09:30
Yuventus sobiq ustozi Marchello Lippi faoliyatini Lacioda davom ettirishi mumkin.

Rim klubi hozircha Stefano Piolini qo'llab-quvvatlamoqda, ammo 50 yoshli murabbiyning keyingi taqdiri hozircha noma'lum. Football Italia nashri xabariga ko'ra, Lippidan tashqari, Lacio yana ikkita murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Gap Chelsi va Shalke sobiq ustozi Roberto Di Matteo va Galatasaroydan ketgan Xamza Xamzaoglu haqida ketmoqda.

Lacio 15ta turdan so'ng 19 ochko bilan Italiya A seriyasida 10-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net