"Lill" Botmanni qishda 71 mln evrodan kamiga sotmaydi

Alisher
4 yanv 2022, 18:01
Himoyachi Sven Botmanning qishda "Lill"dan ketishi qiyin masala.

Francuz klubi futbolchini joriy transfer oynasida sotmoqchi emas, sababi jamoa hali ham Chempionlar Ligasida ishtirok etmoqda va Fransiya chempionati yakuniga ko'ra CHL hududidan o'rin egallamoqchi.

"Lill" Botmanni qishda sotishga rozi bo'lishi uchun futbolchiga kamida 60 mln funt (71,5 mln evro) taklif qilinishi kerak.

Oldinroq xabar berilganidek, 21 yoshli niderlandiyalikka "Nyukasl" va "Milan" qiziqmoqda. Ikki klub uchun ham futbolchi transfer maqsadi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports