

“Lids Yunayted”ni ushbu yoz 7 futbolchi tark etadi.
Rahbariyat klubda 2014 yildan beri o'ynab kelgan shveytsariyalik himoyachi Gaetano Berardi bilan shartnomani uzaytirmadi. Bundan tashqari, “oqlar” himoyachi Barri Duglas, yarim himoyachilar Uasim Boui va Yunan O'Keyn, shuningdek, yoshlar jamoasi a'zolari Niklas Xaugland, Koul Gibbon va Mettyu Terner bilan xayrlashadi.
Jamoa o'tgan mavsum APLda 9-o'rinni egallagandi.



