"Lids" Ispaniya terma jamoasi forvardini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
21 avg 2020, 13:27
"Valensiya" hujumchisi Rodrigo APLga qaytishi mumkin.

29 yoshli Ispaniya terma jamoasi o'yinchisini APL debyutanti "Lids" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Rodrigoning "Valensiya" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Moreno 2010-2011 yillar davomida ijara asosida "Bolton"da o'ynagan. "Real" tarbiyalanuvchisi bundan tashqari "Benfika" klubida ham to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com