"Leyptsig" "Arsenal" futbolchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 17:53
"Leyptsig" "Arsenal" hujumchisi Folarin Balogunning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchi qishki transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. "Buqalar" futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda 19 yoshli Balogan "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 7 o'yinda qatnashdi va 3 gol hamda 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports