Levandovski: "Ispaniyadan qo'rqmaymiz"

Mirjalol Normatov
18 iyun 2021, 23:55
Polsha termasi fovrardi Robert Levandovski Evro-2020 doirasida Ispaniyaga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Bosim oldingidanda katta. Ayniqsa jamoa yutib, ochko to'play olmasa, bu yanada og'irlashadi.

Tarkibida yuqori darajali futbolchilari bor Ispaniya bilan o'ynashimiz kerak. Tabiiyki, oldimizda qiyin vazifa turibdi.

Raqibdan qo'rqmaymiz. Maksimal kuch bilan o'ynashimiz kerakligini tushunib turibmiz. Tartibli o'ynab, huddi so'nggi uchrashuvimiz kabi harakatlanishimiz kerak. Agarda jamoaviy bo'lib, har bir to'p uchun kurashsak, bizda imkoniyat bo'lishi mumkin.

Yoshlarga nimalardir o'rgatish uchun menda ham tajriba ulkan. Bazida ularning oldiga borib, taktik yoki texnik tomondan maslahatlar berib turaman. Ular esa buni tushunadi. Men hech kimni urushmayman.

Mashg'ulotlarimiz juda sifatli o'tmoqda. Shunchaki bizga ishtiyoq yetishmayapti. Umid qilamanki, navbatdagi bahslarda buni ko'rsata olamiz", - dedi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal