"Lester" bosh murabbiyi "Sevilya" taklifini rad etdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2024, 14:56
"Lester" ustozi Enco Mareska "Sevilya"ga o'tmaydi.

Ma'lumotlarga qaraganda, sevilyaliklar italiyalik bilan shartnoma imzolashni istagan, ammo murabbiy muzokara o'tkazishni xohlamagan.

Mareska "Lester"ni APLga qaytardi va yana bir mavsum klubda ishlab ko'rmoqchi. Enconing shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 8 mln funt sterlingni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal