"Lester" "Bornmut" himoyachisi uchun muzokara boshladi va bir zumda transfer ishi yopildi

5 avg 2019, 19:10
Xabaringiz bor, "Lester" o'z himoyachisi Xarri Maguayrni sotib, 80 mln funt ishlab oldi.

Endilikda, "tulkilar" Maguayrning o'rnini bildirmaslik uchun himoyachi izlashga tushib ketishgan. Sky Sports jurnalisti Roba Dorsettning ma'lumotiga ko'ra, "Lester" rahbariyati "Bornmut" a'zosi Natan Akeni qo'lga kiritish uchun urinib ko'rgan, ammo "olchalar" Ake uchun 75 mln funtdan ko'prog'ini so'rashganidan so'ng, ushbu muzokara bekor qilindi.  

Yana bir himoyachi Jeyms Tarkovskini "Byornli" klubi 40 mln funtga baholagan. Bu ham "Lester" uchun qimmatlik qiladi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/RobDorsettSk