L’Équipe: Hakimi "Real"ga qaytishni orzu qilyapti

Administrator
13 may 2023, 22:17
Futbolchi ushbu mavsum oxirida PSJdan ketishni niyat qilmoqda.

PSJ klubi o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi o'zi tarbiyalangan "Real Madrid" klubiga qaytishni orzu qilmoqda. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi. Avvalroq, PSJ ushbu yozda himoyachini sotishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. Bunga sabab qilib, Ashrafning Kilianga yomon ta’sir o'tkazayotgani aytilgan.

Ta'kidlab o'tish joizki, Ashraf Hakimining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Bundan tashqari, "Real" bilan muzokara o'tkazishga parijliklar hali beri tayyor emaslar. 

Ma'lumot uchun, Ashraf ushbu mavsum 37 uchrashuvda 4 ta gol va beshta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: L’Équipe