Leonardo "Milan" klubi boshqaruvida ish boshlashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
17 iyul 2018, 00:32
Italiyaning “Milan” klubi sobiq yarim himoyachisi Leonardo “rossoneri”lar rahbariyati tarkibida ish boshlashga yaqin turibdi.

Leonardo klubga bosh menejer lavozimini egallash uchun qaytishi aytilmoqda. Braziliyalik 48 yoshli mutaxassis o'z vaqtida “Milan” tarkibida 124ta uchrashuvda maydonga tushib, 30ta gol kiritgan. 

U “Milan” bilan birga Italiya chempionligi va mamlakat Kubogini qo'lga kiritgan. Leonardo 2009 yilda “Milan” texnik direktori, keyin esa PSJ sport direktori lavozimlarida ishlagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif