Lemar “Arsenal”ga emas, “Liverpul”ga o'tmoqchi

31 avg 2017, 22:41
“Monako” himoyachisi Toma Lemar “Arsenal”ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.

Monegaskliklar 21 yoshli futbolchini “kanonirlar”ga salkam 100 million evroga sotishga tayyor edilar, ammo futbolchining o'zi bu transferga rad javobini bergan, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Ma'lum bo'lishicha, Lemar “Liverpul”ga o'tish niyatida. Ilgari liverpulliklari ushbu futbolchining transferi borasida “Monako”ga bir necha bor taklif bildirishgan, ammo francuz klubi bu takliflarni rad etgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru