Lemann: "Riberi – "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi emas"

Narzulla Saydullayev
23 noya 2013, 17:32
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Yens Lemann 2012/13 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi kimligi to'g'risida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Lemann, o'z vaqtida "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Bavariya" futbolchisi Frank Riberi bilan parallel ravishda faoliyat olib borgan.

"Riberi "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi emas, jamoa tarkibida undan kuchli futbolchilar bor. Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrini, shunchaki unga sovg'a bo'ldi. Va tan olishim kerak, bu meni hayron qoldirdi. Men "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu olishi kerak deb o'ylayman, u bunga loyiq", - dedi Lemann.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com