Laporta Xolandning transferini Ronaldinyoniki bilan qiyosladi

Оқил Абдубарноев
27 dek 2021, 19:52
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xolandni Kataloniya klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Jurnalist Xerarda Romeroning so'zlariga ko'ra, Laporta norvegiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy harakatni boshlagan.

"Barsa" prezidentining fikricha, Xolandning transferini 2003 yilda, uning birinchi prezidentlik davridagi Ronaldinyoni sotib olganligi bilan solishtirish mumkin.

Xolandning o'zi ham agenti Mino Rayolaga yangi jamoada yetakchi o'yinchi bo'lishni xohlashini aytib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero