Laporta Kundening "Chelsi"ga o'tishini ma'lum qildi

Alisher
22 iyul 2022
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundega qiziqishi haqida gapirdi.

"Kunde? Yo'q, u "Chelsi"ga o'tadi", - deydi Laporta.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Chelsi" 23 yoshli Fransiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 55 million evro taklif qilgan.

Kunde o'tgan mavsum "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Relevo