Lam: "Fevral yoki martda safga qaytsam kerak"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2014
"Bavariya" himoyachisi Filipp Lam aniq qachon jarohatidan qutilishi borasida bir to'xtamga kela olmadi.

U myunxenliklarning mashg'ulotida jarohat olgan va taxminlarga ko'ra, 3 oyga safdan chiqqan edi.

"Yanvarda safga qayta olmayman. Bu voqea fevral yoki martda bo'lishi mumkin. Tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, muddatidan oldin safga qaytishning foydasi yo'q" - deydi Lam.

Lam bu mavsumda bundesliganing 11 uchrashuvida ishtirok etib, ikki golga mualliflik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com