LaLiga. Beyl ketma-ket ikkinchi marotaba "Real"ning qaydnomasidan joy olmadi

Eldor Akmurzayev
11 may 2019, 22:45
Ispaniya chempionatining 37-turida Real Sosedad o'z maydonida Madridning Real jamoasini qabul qiladi.

Mazkur bahs oldidan madridliklar ustozi bo'lajak uchrashuv uchun 19 futbolchidan iborat qaydnomani e'lon qildi. Ushbu ro'yxatga bu safar ham blankoslar yarimhimoyachisi  Garet Beyl kiritilmagan. U Vilyarreal qarshi o'yinni ham o'tkazib (3:2) yuborgandi. Shuningdek, sosedadliklarga qarshi o'yinda  Serxio Ramos, Keylor Navas, Rafael Varan, Alvaro Odriosola, Serxio Regilon va Dani Sebalos qirollik klubiga yordam bera olmaydi.

Darvozabonlar – Tibo Kurtua, Lyuka Zidan, Diego Altube.

Himoyachilar – Dani Karvaxal, Xesus Valexo, Nacho, Marselo.

Yarimhimoyachilar – Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Markos Lorente, Markos Asensio, Braim Dias, Isko.

Hujumchilar – Mariano Dias, Karim Benzema, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia