La Liga yangi mavsumida qatnashadigan oxirgi klub nomi ma'lum

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2022, 08:10
“Jirona” yuqori divizionga qaytdi.

La Ligaga chiqish uchun o'tkazilgan pley-offning javob bahsida “Jirona” safarda 3:1 hisobida “Tenerife”dan ustun keldi. Jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda nursiz (0:0) durang qayd etilgandi.

Avvalroq, “Almeriya” va “Valyadolid” Segundada yuqori o'rinlarni egallab, Primeraga yo'l olishgandi.

Shu tariqa, jironaliklar 2018/19 yilgi mavsumdan beri ilk bor La Ligada o'ynash huquqiga ega bo'lishdi.

"Tenerife" – "Jirona" 1:3 (0:1, 1:2)

"Eliodoro Rodriges Lopes"

Gollar: 0:1 – 42, penalti Stuani, 1:1 – 59 Ruis Arenaga, 1:2 – 68, avtogol Leon, 1:3 – 80 Martines.

"Tenerife" – Soriano, Mur, Leon, Serxio Gonsales (Ruis Arenaga, 46), Mello (Munos, 78), Bermexo (Sorrilya, 65), Sans, Korredera (Martin, 81), Molexo, Galego, Mario Gonsales (Shashua, 65).

"Jirona" – Xuan Karlos, Martines (Iskerdo, 90), Xuanpe, Espinosa, Bueno, Fernandes, Aleish Garsiya, Losano, Martin (Says, 18; Sanches, 84), Aleks Baena (Espaso, 90), Stuani (Bustos, 85).

Ogohlantirishlar: Korredera (13), Galego (31), Xuanpe (32), Serxio Gonsales (41), Aleks Baena (68), Says (81), Pablo Moreno (81), Aleish Garsiya (90), Sanches (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia