La Liga. "Valensiya" - "Real Madrid": uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Omonjon To`xtamirzayev
20 sen 2021, 02:19
Ispaniya chempionati 5-turi doirasida "Valensiya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yin 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi. 

Hisobda ortda qolayotgan mehmonlar so'nggi daqiqalarda ikkita gol urib uch ochkoni ilib ketishdi. 

86-daqiqada Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi va 2 daqiqa o'tib, aynan uning uzatmasidan keyin Karim Benzema g'alaba to'pini kiritdi. 

Shu tariqa, "Real Madrid" La Liga yetakchisiga aylandi, Vinisius esa o'yinning "eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia