Kvalyarella “Real”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

17 okt 2013, 10:36
Turkiyaning “Trabzonspor” klubi qiziqayotgan “Yuventus” klubi hujumchisi Fabio Kvalyarella taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi.

Kvalyarella 15 oktyabrda jarohat olgan edi va bugun ertalab tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tibbiy ko'rik natijalari uning o'ng oyog'ida unchalik jiddiy bo'lmagan muammo borligini ko'rsatgan.

Shunday qilib italiyaliklar himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tadigan ikkita muhim uchrashuvni (“Real”ga qarshi o'yin) o'tkazib yuboradi.


Manba: soccer.ru