Kurtua va "Real" o'rtasidagi bitim 6 yilga mo'ljallangan
Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 17:15
Belgiya terma jamoasi va "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua "Real"ga o'tishga yaqin turibdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalik futbolchi ertaga "Qirollik klubi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Tomonlar 6 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Transfer 38,8 mln. evro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.