Kurtua rekordni yangilashi mumkin

Mirjalol Normatov
10 iyul 2018
Belgiya termasi posboni o'z vatandosh posbonlari orasidagi rekordni yangilashi mumkin.

OPTA ma'lumotlariga ko'ra, u milliy termada 62 uchrashuvda maydonga tushgan. Bu boradagi rekord natija Jan-Mari Pfaffga tegishli - 63 o'yin.

Agarda u bugun Fransiyaga qarshi bahsda qatnashadigan bo'lsa, ushbu natijani yangilashi mumkin. Kurtua termasining keyingi uchrashuvida ham qatnashsa, rekordni qayd etadi.

Fransiya - Belgiya uchrashuvi bugun soat 23:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA