Kuman: "Kelajakda "Barselona"ni boshqarishni istayman"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2015, 14:47
"Sautgempton" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona"ni boshqarishni istayotganini yana bir bor ta'kidladi.

O'z vaqtida murabbiy ko'k-anorranglilar sharafini himoya qilgan.

"Barselona" bilan qanday boqliqligim borligini hamma biladi. Kelajakda bu klubni boshqarish imkoniyatini berishsa, bundan xursand bo'lar edim. "Barselona" hozir yaxshi formada, "Real" esa g'alabalarga qiynalib erishyapti. "El-klassiko"da barcha ko'p gol urish uchun emas, yaxshi o'yin ko'rsatish uchun harakat qiladi. "Barselona" o'z darajasida o'ynay olsa, g'alabaga erisha oladi" - deydi Kuman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com