Kulushevski: “Qachondir “Yuventus”ga qaytaman degan umiddaman”

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2022, 09:15
“Yuventus” yarim himoyachisi Deyan Kulushevski faoliyatini APLda davom ettiradi.

Bu haqda futbolchining o'zi jurnalist Fabricio Romano bilan suhbatda aytib o'tdi: “Yuventus”da juda yaxshi davrni o'tkazdim va qachondir bu erga qaytaman degan umiddaman”.

Avvalroq, “Tottenxem” futbolchini 35 mln evroga sotib olish huquqi bilan 5 mln evroga ijaraga olayotgani xabar qilingandi. Agar londonliklar Chempionlar Ligasiga yo'l olsa, bitim bo'yicha bonus mablag'lar ham o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Shved 2020 yil “Atalanta”dan “Yuve”ga o'tgan. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 20 o'yinda qatnashib, 1+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano