Kroos "Oltin to'p" nomzodlari uchligiga kirsa bonus oladi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2016, 12:12
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning bitim shartlari Internetda paydo bo'ldi.

Nemis futbolchisi 2014 yilda "Bavariya"dan "Real"ga 25 mln. evro evaziga o'tgan va madridliklar bu mablag'ni 2016 yilning 15 iyuligacha o'tkazib berishlari kerak. Yarim himoyachi "Qirollik klubi"dagi birinchi yilida 11,3 mln. evro ishlab topdi, joriy yildan esa 10,9 mln. maosh oladi. "Real" bu pullarni har oy emas, yarim yilda bir marotaba beradi.

Shartnomada agar Kroos "Oltin to'p" nomzodlari uchligiga kirsa, uning maoshi 1,8 mln. evroga oshiriladi va yana shuncha miqdorda bonus beriladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spiegel