Kroos: "Men va oilam Ispaniyada yashayotganimizdan xursandmiz"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 16:50
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning so'zlariga ko'ra, "Bavariya"dan "Qirollik klubi"ga o'tganidan afsuslanmasligini aytgan.

"Men va oilam Ispaniyada yashayotganimizdan mamnunmiz. Biz Ispaniyadagi ob-havodan rohat olyapmiz. Germaniyada ancha sovuqroq. Bundan tashqari, men baxtliman, chunki dunyoning eng yaxshi klubida to'p tepaman" - deydi Kroos.

Kroos "Bavariya"da maoshini kelisha olmay, klubini o'zgartirishga qaror qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital