Kroos faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 10:36
Ispaniya chempionati 12-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Real" joriy mavsum ikkinchi bor ochko yo'qotdi – o'z maydonida "Jirona"ni mag'lub eta olmadi.

Birinchi yo'qotish "Osasuna"ga qarshi o'yinda yuz bergandi (1:1).

"Real" ochkolardan tashqari Toni Kroosni ham boy berdi – germaniyalik yarim himoyachi ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Ulardan keyin olingan qizil kartochka Kroos faoliyatidagi birinchisi bo'ldi – 32 yoshli futbolchi bungacha hech qachon maydondan chetlatilmagandi.

Ispaniya chempionatining navbatdagi, 13-turida Madridning "Real" klubi safarda "Rayo Valekano" bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 7 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana