"Kristal Pelas"ga "Chelsi" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
15 noya 2020, 16:55
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoning xizmatlariga "Kristal Pelas" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "burgutlar" yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etadigan Patrik van Anxoltning o'rniga boshqa nomzod qidirmoqda. Yozilishicha, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Pelas"dan 10dan oshiq futbolchilar ketishi kutilmoqda.

O'z navbatida "Chelsi" Alonsoni sotib yuborishni rejasiga kiritgan. Kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchi va bosh murabbiy Frenk Lempard o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emas.

Ushbu mavsumda fulbek APLning 3 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail