
O'tgan mavsum Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu topildi.
Keyingi o'rinlarni "Bavariya" vakillari Manuel Noyer va Aren Robben band etishdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum "Real" YCHL finalida "Atletiko"ni mag'lub etib o'z tarixida 10-bor ushbu musobaqada g'olib chiqqandi. Ronaldu esa YCHLda bir mavsumda 16ta gol urib rekord qayd etgandi.