Krimec ogohlantirildi, jamoasi mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016
Xitoy Superligasida 15-tur o'yinlari boshlandi.
Hamyurtimiz Egor Krimec to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi safarda "Xenan Czyanie" klubi mehmoni bo'ldi. O'yinda "Beyjing" 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Krimec jamoa safida to'liq o'ynadi va sariq kartochka oldi. Klub 20 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. "Beyjing" keyingi o'yinni 9 iyul kuni "Tyanczin Teda"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali
"Xenan Czyanie" - "Beyjing Goan" 1:0
Gol:
Feng Zuoyi 90

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia