Kojaman “Lacio”ni boshqarishi mumkin

“Fenerbaxche” klubining sobiq bosh murabbiyi Aykut Kojaman, “Lacio”ni boshqarishi mumkin.

Vladimir Petkovich mavsum so'ngida rimliklarni tark etadi va Shveytsariya termasini boshqaradi. Biroq klubning ko'rsatayotgan natijalari rahbariyatni qoniqtirmaydigan bo'lsa, ular mutaxassisni chempionat davomida ham bo'shatishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, 48 yoshli turkiyalik mutaxassis “Fenerbaxche”ni ushbu yilning may oyida tark etgan edi va hozirgacha ishsiz yuribdi.


Manba: sports.ru