Koronavirus Info. Toshkentda 1 yoshga to'lmagan 7 nafar go'dakda koronavirus aniqlandi

Alisher
17 apr 2020, 18:24
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida o'tkazilgan brifingda aytildi. (https://t.me/aoka_uz/1361) Quyida brifingdan muhim ma'lumotlar e'tiboringizga havola etiladi.

Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlar:

- 52 nafari uy bekasi,

- 20 nafari maktab o'quvchisi,

- 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili,

- 20 nafari ishsiz.

Koronavirus infekciyasining tarqalishi bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuviga, qolaversa, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning karantin maskani joylashgan manzilga ham bevosita bog'liq.

Shuning uchun biz tumanlarda kasallanganlar soni qayd etilishiga qarab turib, bizning tumanimizda kamroq yoki boshqa tumanda ko'proq ekan degan fikrga borishimiz kerak emas.

Bemorlar orasida 60 yoshdan katta yoshdagilar 32 nafarni, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo'lganlar 28 nafarni, 30-39 yoshdagilar 82 nafarni, 20–29 yoshdagilar 88 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek, bemorlarning 7 nafari 1 yoshgacha, 3 nafari esa 1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalardir.



#uydaqoling

#vahimasizkarantin

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia