Konte: "Inter" va "Yuve" o'rtasida katta farq bor, uni yo'qqa chiqarish kerak"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2019, 21:14
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

"Inter" va men vaziyatni bir xil ko'ryapmiz. Muhim ishga qo'l urmoqchimiz va buni uddalash uchun ko'p va xo'p mehnat qilishimiz lozim.  "Inter" buyuk ananalar va tarixga ega klub, shu sababli uni boshqarishga osonlik bilan rozilik berdim.

Men o'zimga chegara qo'ymaydigan insonman, boshqalar ham bunday qilishini istamayman.

"Inter" va "Yuventus" o'rtasida katta farq bor, "Napoli" barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Biz bu farqni yo'qotishimiz kerak" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia