Konte: "Ikki haftadan keyin javobni aytaman"

Mirjalol Normatov
9 may 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoadan kyetishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Biz oddiy bo'lmagan holatdamiz. Mavsum yakuniga barcha diqqatimni qaratganman. "Chelsi" va jamoa muxlislarini xursand etish uchun intilyapman.

Ikki haftadan keyin mavsum yakunlanadi va o'shanda barcha mening keyingi faoliyatim borasidagi ma'lumotga ega bo'ladi. Agarda jamoada qoladigan bo'lsam, keyingi mavsum uchun rejalar tuziladi", - dedi italiyalik murabbiy.

Oldinroq Konte ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi mumkinligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports