

Sochida Jahon chempioni Germaniya terma jamoasi Shimoliy Amerika chempioni Meksikaga o'ynaydi. Yoaxim Lev boshchiligidagi yosh jamoa Meksikaning asosiy tarkibiga qarshi qanday karomat ko'rsata olarkin? O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Kecha birinchi yarim final Portugaliya va Chili o'rtasida bo'lib o'tdi.
GERMANIYA - MEKSIKA
29 iyun. Sochi. "Fisht" stadioni. 23:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam - Nestor Pitana (Argentina).




