Konate “Real”ga o'tadimi?

Alisher Ostonov
7 fev 2026
"Liverpul” himoyachisi Ibraima Konate "Real"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchiga 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan. Futbolchining "Liverpul” bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

"Real" Konateni yozda tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi transferga qiziqmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira