Koentrau ijara asosida Ronalduning sobiq klubiga o'tadi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2017, 12:44
"Real" himoyachisi Fabiu Koentrau kelasi mavsum ijara asosida "Sporting"ni sharafini himoya qiladi.

Portugaliya klubi futbolchining faqat 10% maoshini to'laydi. "Qirollik klubi" qolgan mablag'ni to'lash majburiyatini bo'yniga oldi.

Koentrauning ispan grandi bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi, uning yillik maoshi 3,5 mln. evro. Koentrau ayni damda "Sporting"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Sporting"da professional futbolga kirib kelgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo