Klublar o'rtasidagi JCHga qur'a tashlandi. Sardor Rashidov "Real"ga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 okt 2017, 13:25
2017 yilning dekbar oyida BAAda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi yakunlandi.

13:05. Futbol afsonalaridan biri Mikael Silvestr turnir rasmiy to'pini taqdim etdi.

13:07. Musobaqa tashkilotchisi turnir qanday o'tishi haqida tushuncha berib o'tdi. Ushbu turnir 6-16 dekabr kunlari Abu Dabi va Al-Ayn shaharlarida bo'lib o'tadi.

13:08. Turnir o'tadigan shaharlar namoyish etilmoqda.

13:10. Musobaqa ishtirokchilari tanishtirilmoqda:

"Al-Jazira" (Mezbon, BAA chempioni, hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepadi)

"Oklend Siti" (Okeaniya Chempionlar ligasi g'olibi)

"Pachuka" (KONKAKAF Chempionlar ligasi g'olibi)

"Real" (UEFA Chempionlar ligasi g'olibi)

Afrika Chempionlar ligasi g'olibi (5 noyabrda g'olib aniqlanadi)

OFK Chempionlar ligasi g'olibi (25 noyabrda g'olib aniqlanadi)

Libertadores Kubogi g'olibi (29 noyabrda g'olib aniqlanadi)

13:12. Ivan Kordoba va Abdulrahim Juma qur'a tashlash marosimida ishtirok etishadi.

Qur'a boshlandi

Pley-off

"Al-Jazira" - "Oklend Siti"

Chorak final

A. "Pachuka" - Afrika Chempionlar ligasi g'olibi

B. Pley-off g'olibi - Osiyo Chempionlar ligasi g'olibi


Yarim final

Libertadores Kubogi g'olibi - A juftligi g'olibi 

B juftligi g'olibi - "Real"


Qur'a tashlash marosimi yakunlandi.

Takroran tomosha qilish.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia