Klopp "Siti"dan taqiq olinishi haqida: "Men mamnunman. Agar ularda kelasi mavsumda 10-12ta o'yin kam bo'lganida, APL jamoalarida umuman imkon qolmasdi"

Alisher
14 iyul 2020, 18:25
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Man Siti"dan evrokuboklarda qatnashish bo'yicha taqiq olinib tashlangani haqida gapirdi.

"Men "Siti" Chempionlar Ligasida o'ynashidan mamnunman.

Agar kelasi mavsumda ularda 10-12ta o'yin kam bo'lganda, boshqa APL jamoalarida umumiy imkon qolmagan bo'lardi", - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, "Man Siti" fevralda evrokuboklardan 2 yilga chetlatilgan edi. "Shaharliklar" bu qarorga apellyaciya berishdi va yakunda "Siti" foydasiga qaror chiqarildi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JamesPearceLFC