Klopp Saudiya Arabistoni ligasining asosiy xavfini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
4 avg 2023, 08:16
Yurgen Klopp o'z intervyularidan birida Saudiya Arabistoni klublarining transfer oynasidagi faolligi haqida gapirdi.

"Saudiya Arabistonining ayni paytdagi ta’siri katta. O'ylaymanki, eng yomoni - ularda transfer oynasi uch hafta ko'proq davom etadi. 

UEFA yoki FIFA bunga to'g'ri echim topishi kerak. Keyin nima bo'ladi, bilmayman. Saudiya Arabistoni bizga ta’sir ko'rsata boshlagan, ammo biz bunga javob berishni o'rganishimiz kerak bo'ladi. Vaqt ko'rsatadi. 

Transfer oynasi Yevropada 1 sentyabr kuni, Saudiya Arabistonida esa 20 sentyabr kuni yopiladi. Demak, mavsum qiziy boshlaganida ham Saudiya klublarida futbolchilarni og'dirib olish imkoni bo'ladi, Yevropada esa ularning o'rniga boshqa futbolchi bilan shartnoma imzolab bo'lmaydi", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Reuters