Klopp Mbappening otasi bilan suhbatlashdi

Eldor Akmurzayev
26 apr 2020, 21:20
"Liverpul” PSJ forvardi Kilian Mbappega qiziqish bildirayotgan klublar qatorida.

Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp futbolchining otasi Uilfrid Mbappe bilan bog'langan. Germaniyalik mutaxassis Kilianning kelajakdagi rejalari haqida ma'lumot oldi.

Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan va rahbariyat yaqin orada u bilan hayrlashishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, 21 yoshli hujumchiga “Real” rahbari Florentino Peres ham ko'z tikkan.

Kilian joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 o'yinda qatnashib, 30+17 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le10 Sport