Kimpembe diskvalifikaciya qilindi

Mirjalol Normatov
13 may 2021, 00:35
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe "Renn"ga (1:1) qarshi o'yin yakunlariga ko'ra, diskvalifikaciya qilindi

Fransiyalik futbolchi navbatdagi o'yindan tashqari, yana 3 bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. U uchrashuvning 87-daqiqasida Jeremi Dokuga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun maydondan chetlatilgandi.

Undan tashqari, qizil kartochka olganidan keyin Kimpembe "Renn" futbolchilarini haqorat qilgan. Bu uchun futbolchi kamida 10 o'yinga chetlatilishi ham mumkin edi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe