Kimmix: "Qo'rquvni engib o'tish qiyin bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
12 dek 2021
"Bavariya" yarim himoyachisi koronavirusga qarshi emlanish haqida gapirdi.

Joshua Kimmix avvalroq vakcinaciyaga rozi bo'lmaganidan afsusda ekanini tan oldi. 

Eslatib o'tamiz, yaqinda futbolchi koronavirus bilan kasallangan edi, shundan so'ng unda o'pkasi bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgan. U shu sababli joriy yilning oxirini o'tkazib yuborishi ma'lum qilingan.

"Men uzoq vaqt bir qarorga kelolmadim, chunki qo'rquv va shubhalarimni engish men uchun juda qiyin kechdi", – deydi Kimmix.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ZDF