Kilian Mbappe PSJdan yirik bonusni rad etdi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2023, 08:30
Hujumchi Kilian Mbappe PSJ bilan hozirgi shartnomasi bo'yicha olishi kerak bo'lgan 80 million evrolik bonusni olmaydi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining o'zi shunday qarorga kelgan. 

Bonuslardan voz kechish orqali Mbappe pulni birinchi o'ringa qo'ymasligini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lgan ko'rinadi. Agar Mbappe boshqa klubga o'tib ketsa ham, bu orqali PSJ endi katta pul yo'qotmaydi. 

Mbappening PSJ bilan shartnomasi kelasi yil yozda o'z yakuniga etadi. U katta ehtimol, mavsum yakunlangach "Real"ga ketadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport