Kike Setenning “Barsa”dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda

17 iyul 2020, 22:56
Kataloniya klubi kuni kecha La Ligada chempionlikni qo'ldan boy berdi.

“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu bugun jamoa murabbiyi bilan uchrashuv o'tkazadi. Bartomeu murabbiy orqali jamoaning ayni paytdagi holat haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmoqchi.

Setenning “Barsa” bilan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, murabbiy bugunoq istefoga chiqarilmaydi. Ammo YCHL doirasida “Napoli”ga (1:1) qarshi jamoani aynan Seten  maydonga boshlab tushishi so'roq ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN