

Hujumchi “Manchester Siti”ga qarshi APL doirasidagi o'yinda yagona hamda o'zining London klubi safidagi 267-to'pini kiritdi.
Shu tariqa, 29 yoshli ingliz futbolchisi Jimmi Grivzning "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda gol urish bo'yicha rekordini yangiladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda "shporlar" 1:0 hisobida g'alaba qozonib, ochkolarini 39 taga etkazib oldi.



