

Kechagi bahsda futbolchi jamoasi mag'lub bo'lib turgan paytda penaltidan unumli foydalana olmadi va yakunda mag'lubiyatga uchradi.
"Buni qabul qilish menga ham, jamoaga ham og'ir. Bu bilan yashashim kerak. Barcha mas'uliyatni bo'ynimga olaman.
Bu termani bundan ortiq yaxshi ko'rib bo'lmaydi. O'tgan vaqt davomida sifatli o'yinlar o'tkazdik, hammasi mayda detallarga bog'liq bo'lib qoldi. Penaltidan ura olmadim.
O'yinga qanday tayyorlanganim yoki qandaydir detallar haqida gapira olmayman. O'zimni ishonchli his qilgandim. Shunchaki penaltini o'zim istagandek ura olmadim", - dedi Keyn.



