Kelasi mavsum Angliya Kubogida jiddiy o'zgarish ro'y beradi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2024
Kelasi mavsumdan boshlab Angliya Kubogi o'yinlari durang bilan yakunlanmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2024/25 mavsumdan boshlab birinchi raundning o'zidanoq bahsda durang sodir bo'lsa, javob uchrashuvi bo'lib o'tmaydi. Hozirgi formatga ko'ra, 1dan 4-raund oralig'ida durang qayd etilsa, javob bahslari o'tkazilishi kerak.

O'zgarishlar FA va Premer-liga o'rtasidagi 6 yillik shartnomaning bir qismi bo'lib, UEFA musobaqalarida o'yinlar sonining ko'payishi bilan bog'liq.

Shu bilan birga kelishuv doirasida Angliya Kubogining barcha o'yinlari dam olish kunlari o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC