Kecha Hoshimov tushmadi, bugun Zoteev...

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2013, 13:36
Kecha O'zbekiston kubogi yarim final dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" o'yini bo'lib o'tdi.
Unda maydon egalarining o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov maydonga tusha olmadi.

Ma'lum bo'lishicha futbolchi davralar oralig'ida bo'lib o'tgan tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan. Xuddi shunday muammo "Bunyodkor" vakili Oleg Zoteevda ham sodir bo'lgan. Shu bois bugungi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda harakat qila olmaydi.

Ikkala o'yinchi kerakli muolajalardan o'tishadi va shundan so'ng yana maydonga qaytishlari mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia