Kassano "Torino"da paydo bo'lishi mumkin

6 fev 2015, 01:33
"Torino" jamoasi Antonio Kassanoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Parma" klubi yaqinda Kassano bilan o'rtadagi shartnomani bekor qilgandi. Hozirda futbolchi erkin agentga aylangan. Kassanoni esa "Torino" o'z safiga ko'rishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Kassanoga shuningdek B Seriya jamoasi "Bari" ham qiziqish bildirayotgan edi. Ammo hujumchi hozirda bu klub bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ygan.

Manba: sports.ru