Kassano: "Messi - Federerdek, Ronaldu esa - Nadal kabi"

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" forvardi Lionel Messini solishtirdi.

"Menga Messining o'yini yoqadi, u sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi. U maydonda ajoyib his-tuyg'ular ulashadi. Ronalduda esa umuman salbiy tomon yo'q. Agar futbolni tennis bilan solishtirsak, Lionel - Rojer Federerdek, sanat asari. Krishtianu - Rafael Nadal kabi, uning mahorati og'ir mehnatga bog'liq. Messi va Ronaldu turli futbolchilar, ammo menga ko'proq Messi yoqadi" - deydi Kassano.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia